OneDesk
OneDesk bilan HR jarayonlarini to‘liq raqamlashtiring: ta’til so‘rovlarini, xodim ma’lumotlarini va kadrlar bo‘yicha ish jarayonlarini, jumladan AI asosidagi suhbat (AI interview) jarayonini bitta xavfsiz platformada markazlashgan holda boshqaring.
Sizga kerak bo‘lgan barchasi
yagona platformada
OneDesk HR bo‘limining kundalik jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish uchun yaratilgan. Real vaqt rejimidagi arizalardan boshlab soddalashtirilgan tasdiqlash jarayonlarigacha
OneDesk tashkilotlarga yanada aqlli va tez ishlash imkonini beradi.
Sun'iy intellekt (AI) bilan suhbat
OneDesk’ning AI-Suhbat moduli nomzodlar bilan suhbatni avtomatlashtiradi, javoblarni yozib oladi va tahlil qiladi. Tizim kadrlar bo‘limi bilan to‘liq integratsiyalashgan va boshqa jarayonlarga ham kengayib boradi.
Ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish
OneDesk AI Interview nomzodlar bilan tuzilgan, ovozga asoslangan suhbatlarni avtomatik ravishda o‘tkazadi, lavozimga mos savollarni beradi, javoblarni yozib oladi va real vaqt rejimida muloqot uslubi, ishonchlilik hamda vazifaga moslikni tahlil qiladi. HR bo‘limi qo‘lda bir necha soat tekshirish o‘rniga nomzodning kuchli tomonlari, xavf omillari bo‘yicha tavsiyalarni oladi. Natijada ishga qabul qilish jarayoni tezlashadi, baholash yagona mezon asosida bo‘ladi va sub’yektivlik kamayadi.
Demo uchun biz bilan bog‘laning
Bog'lanishKo‘p so‘raladigan savollar
OneDesk nima?
OneDesk — bu zamonaviy HRM tizimi bo‘lib, ta’til so‘rovlarini boshqarish, xodimlarni kuzatish, hisobotlarni shakllantirish kabi jarayonlarni avtomatlashtiradi va qog‘ozbozlikni kamaytiradi.
OneDesk’dan foydalanish uchun alohida o‘qish kerakmi?
Yo‘q. OneDesk sodda va tushunarli interfeysga ega. Bundan tashqari, biz qo‘llanmalar va ishga tushirish jarayonida texnik ko‘makni taqdim etamiz.
Bir nechta filial yoki bo‘limlarni boshqarish mumkinmi?
Ha. OneDesk bir nechta filiallar va bo‘limlar tuzilmasini qo‘llab-quvvatlaydi: markazlashgan boshqaruv.
OneDesk bulut asosidami?
OneDesk moslashuvchan: tizimni bizning xavfsiz bulut serverlarimizda joylashtirish yoki to‘liq nazorat uchun o‘zingizning infratuzilmangizga o‘rnatish mumkin. Qaysi variant sizning tashkilotingizga mos bo‘lsa — o‘shani tanlaysiz.
Xodimlar o‘z kabinetiga mustaqil kira oladimi?
Ha. Har bir xodimga shaxsiy himoyalangan kabinet beriladi. U yerda ular ta’til so‘rovi yuborishi, holatini ko‘rishi va HR bilan bog‘lanishi va boshqa jarayonlarni boshqarishi mumkin.
OneDesk haqida
OneDesk — bu O‘zbekiston ichida va undan tashqarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga jarayonlarni yanada samarali va shaffof boshqarishga yordam berish uchun tajribali IT mutaxassislari tomonidan yaratilgan platforma. Ushbu yechim Yangi O‘zbekiston Universiteti negizida ishlab chiqilgan.